Foto: EPA-EFE/ANDREW GOMBERT
Keniyalik yuguruvchi sportchi Jeffri Kipsang Daniya poytaxti Kopenhagen shahrida bo‘lib o‘tgan yarimmarafon (21,1 km) da jahon rekordini yangiladi. Uning natijasi 58 daqiqayu 1 soniyani tashkil etdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Yengil atletika federatsiyalari xalqaro assotsiatsiyasi (IAAF) hozircha natijani ratifikatsiya qilmagan. Avvalgi rekord uning hamyurti Abraham Kiptum (58 daqiqayu 18 soniya) ga tegishli bo‘lgan va Ispaniyaning Valensiyasida 2018 yilning 28 oktyabrida o‘rnatilgan edi.
Kopenhagendagi yarimmarafonga qatnashish uchun Kipsang Qatar poytaxti Doha shahrida 27 sentyabrdan 6 oktyabrga qadar o‘tkaziladigan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida qatnashishdan ham voz kechgan.
Kipsang 10.000 metrga yugurish bo‘yicha 2015 yilgi jahon chempionatining kumush medali sovrindori hisoblanadi. Keniyalik yuguruvchi yarimmarofonda uch marta jahon birinchiligi g‘olibi ham bo‘lgan. Yarimmarafon olimpiya sport turi hisoblanmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”