Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi bergan bayonotiga ko‘ra, Galaxy Note 7 fabletining Evropa mamlakatlaridagi sotuvlari 28 oktyabrda qayta tiklanadi. Bu haqda "Terabayt.uz" xabar berdi.
Samsung Electronics nosoz Galaxy Note 7 smartfonlarini rasman 19 sentyabrdan boshlab almashtirishni boshlagan edi. Biroq hatto almashtirilgan yangi smartfonlarda ham qurilma qizishi va batareya zaryadining odatdagidan ko‘p sarflanishi kabi muammolar to‘g‘risida xabar berilgan. Shuningdek, tarmoqda yangilangan Galaxy Note 7 smartfonlarining yana yonib ketganligi haqida ham mish-mishlar tarqalgan.
Janubiy Koreyalik gigant 2 sentyabrdan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Galaxy Note 7 fabletidagi akkumulyatorlar bilan bog‘liq nosozlikni rasman tan olib, modelning global sotuvlarini vaqtincha to‘xtatishi va muammoni bartaraf etishini ma’lum qilgan edi.
MDH mamlakatlarida ushbu model hali rasman sotilmagani sababli almashtirish dasturi yo‘lga qo‘yilmadi. Hozircha Galaxy Note 7 MDH mamlakatlarida qachon sotilishi haqida aniq xabarlar mavjud emas. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi