Xitoyning Lenovo firmasi boshqa texnologik kompaniyalar bilan hamkorlikda FIDO (Fast IDentity Online) standarti asosidagi barmoq izi bilan himoyalanadigan noutbuklarni tayyorlashni rejalashtirgan. Bu haqda "Terabayt.uz" xabar berdi.
Noutbuklar ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda etakchi bo‘lgan xitoylik gigant ushbu maqsadda Synaptics, Intel va PayPal kompaniyalari bilan hamkorlik qilmoqda. Bunday barmoq izi bilan himoyalangan noutbuklarda onlayn xaridlarni parolni klaviaturada terib o‘tirmay, shunchaki barmoqni tabga qo‘yish orqali amalga oshirsa bo‘ladi. Bu albatta, ushbu texnologiyaning bitta afzalligi, xolos. Shubhasiz, bunday noutbuklar yuqori xavfsizlik tizimiga ega bo‘ladi.
Barmoq izi bilan himoyalangan Lenovo noutbuklari uch qatlamli xavfsizlik tizimi bilan ta’minlanadi: u qurilmaning apparat qismiga o‘rnatiladigan Natural ID barmoq izi sensori, Intel va FIDO xavfsizlik tizimlaridan tarkib topadi. Oddiy qilib tushuntirsak, foydalanuvchining barmoq izi va FIDO ma’lumotlari noutbukda shifrlangan holda butunlay saqlanadi. Sizga endi ma’lum servislardan foydalanish uchun parol zarur bo‘lmaydi, shunchaki barmoq izingizni o‘zi etarli. Bu narsa hisob qaydnomalari va noutbukning xavfsizligini bir necha barobarga oshiradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi