2016 yilning to‘rtinchi choragida kiberhujumlar eng ko‘p AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniya hududidan amalga oshirilgan. Akamai internet-kompaniyasi olib borgan tadqiqotlar shunday natija ko‘rsatdi. Bu haqda RIA "Novosti"ga asoslanib Kun.uz xabar berdi.
2016 yilning oxirgi choragida kiberhujumlar umumiy sonining kamayishi fonida DDoS-hujumlar amalga oshirilgan IP-manzillar soni sezilarli darajada ko‘paygan.
"DDoS-hujumlar amalga oshirilgan asosiy mamlakatlar AQSh (24 foiz), Buyuk Britaniya (10 foiz) va Germaniya (7 foiz) hisoblanadi", - deyiladi hisobotda. To‘rtinchi o‘rinda - Xitoy (6,2 foiz), beshinchi o‘rinda esa Rossiya (4,4 foiz) qayd etilgan.
Tadqiqotda 2016 yilning ilk uch choragi statistikasi ham keltirilgan. Unda birinchi o‘rinni Xitoy, ikkinchi o‘rinni AQSh va uchinchi o‘rinni Turkiya, Tayvan hamda Buyuk Britaniya egallagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi