Telegram messenjerida Bot Payments onlayn-to‘lovlar servisi ishga tushdi, deb xabar berdi kompaniya o‘z rasmiy saytida. Bu haqda Kun.uz nashri ma’lum qilmoqda.
Avvalroq "Vedomosti" gazetasi, Telegram asoschisi Pavel Durov Instagram’da botlar yordamidagi yangi to‘lovlar servisi ishga tushirilishi haqidagi matbuot relizining xomaki nusxasini e’lon qilgani haqida xabar bergandi.
"Agarda sizda 4.0 versiyadagi (va undan yuqori) Telegram o‘rnatilgan bo‘lsa, endilikda tegishli botlardan tovarlar yoki xizmatlarga buyurtma berishingiz mumkin. Endilikda bu botlar o‘z xabarlariga Pay tugmachasini qo‘shishi mumkin", - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ayni damda to‘lovlarning katta qismi Stripe tizimi yordamida qayta ishlanadi, biroq yaqin vaqt ichida to‘lovlar Hindistondan bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarga RazorPay, Nigeriya, Keniya, Gana, Janubiy Afrika va Ugandadan bo‘lganlarga esa FlutterWave hamda boshqa 190 ga yaqin davlatda PaymentWall yordamida taqdim etilishi mumkin.
Biroq, kompaniyaning ta’kidlashicha, "Rossiya uchun Yandeks.Dengi va Qiwi hamda O‘zbekiston uchun Payme biroz keyinroq ishga tushadi". “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?