Uchinchi avlod YotaPhone smartfonlari Xitoy bozoriga chiqdi. Uning asosiy xususiyati avvalgi modellarda bo‘lgani kabi orqa paneldagi "elektron siyox"li ekran bo‘ldi. CGTN shu haqidagi xabari bilan bo‘lishdi.
Smartfon ishlab chiqaruvchilarining ta’kidlashicha, asosiy AMOLED-ekran, albatta rangli. U bundan oldingi 4,7 dyuymli modeldan farqli o‘laroq, 5,5 dyuym diagonalga ega.
YotaPhone 3 yaratuvchilari Apple kompaniyasining yo‘lidan borib, modelni quloqchinlarni ulashga mo‘ljallangan o‘ymadan mahrum qilishdi, endi ularni USB Type-C porti yoki maxsus adapter yordamida ulash mumkin bo‘ladi.
Operativ xotira hajmi - 4 Gb, ichki xotira esa - 64 yoki 128 Gb. Smartfonning orqa panelida 13 Mp'li kamera bo‘lib, frontal kamerasi - 12 Mp.
Joriy yilning martida YotaPhone 3 smartfoni taqdimoti moliyalashtirishdagi yetishmovchilik tufayli qoldirilgan edi, yangi model 20 sentyabr kuni namoyish qilindi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?