Samsung kompaniyasi smartfonlari Android tizimida ishlovchi eng ishonchsiz smartfonlar deb topildi. Bu haqda ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash bilan shug‘ullanuvchi Blancco kompaniyasi hisobotida ma’lum qilindi.
Blancco mutaxassislari tuzgan 2018 yil birinchi choragi bo‘yicha smartfonlar antireytingida Samsung qurilmalari birinchi o‘rinni egalladi. Tadqiqotchilar Janubiy Koreya kompaniyasi telefonlarida nosozlik yuz berish holatlarini deyarli 27,5 foiz deb baholadi.
Android tizimidagi eng ishonchsiz smartfonlar ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa 14 foiz nosozlik holatlari bilan Xiaomi, uchinchi o‘ringa 9,5 foizdan ortiq nosozlik bilan Motorola telefonlari joylashdi. Keyingi o‘rinlarni Huawei va InFocus kompaniyalari telefonlari band etdi.
Apple kompaniyasi qurilmalari orasida iPhone 6 va iPhone 6s eng ishonchsizlari deb topildi. Bu smartfonlarda ko‘pincha sensor bilan ishlash, Wi-Fi va Bluetooth’ga ulanishda nosozliklar kuzatiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi