00:17 / 12.09.2016
6 917

Hindistonning eng boy insoni bir milliard vatandoshi uchun bepul 4G tarmog‘ini ishga tushirdi

Hindistonning eng boy insoni bir milliard vatandoshi uchun bepul 4G tarmog‘ini ishga tushirdi

Hindistonning eng boy insoni — milliarder Mukesh Ambani Reliance Jio 4G tarmog‘ini ishga tushirdi. U mamlakat hududining 80 foizini qoplaydi, deb xabar beradi "Daryo" nashri.

Nyu-Dehlida tarmoq 21 megabit/sekund tezlikni ko‘rsatayotgani aytilmoqda.

2016 yil oxiriga qadar hindistonliklar tarmoqdan bepul foydalanishi mumkin, shundan so‘ng oyiga 149 rupiya (2,25 dollar) narx belgilanadi.

Ayni paytda Hindiston yoshi katta aholisining beshdan bir qismigina internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatiga ega. Yaqin yillarda yuz millionlab hindistonliklar arzon va tezkor internetdan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Yangi tarmoq 2017 yil martiga qadar mamlakat aholisining 90 foizini qoplashi kutilmoqda.

Ambani butun mamlakat bo‘ylab qariyb 100 ming telekommunikasion minoralar bino etishga milliardlab dollar sarfladi. Hisob-kitoblarga qaraganda, Jio 18 ming shahar va 200 ming qishloqqa etib bordi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Hindistonning eng boy insoni bir milliard vatandoshi uchun bepul 4G tarmog‘ini ishga tushirdi