2026 boshida geymerlar uchun eng zo'r videokartalar tanlandi

Tom’s Hardware tahririyati 2026 yil boshiga dolzarb bo'lgan eng yaxshi videokartalar reytingini e’lon qildi. Mutaxassislar fikricha, AMD, NVIDIA va Intel geymerlar e’tiborini tortish uchun kurashni davom ettiryapti. Bozorda narxlar yaqin oylar ichida keskin arzonlashishi kutilmagani uchun, ayni dam yangilanish haqida o'ylash uchun qulay payt bo'lishi mumkin. Bu haqda playground.ru xabar beradi.
Eng ko'p qirrali tanlov sifatida AMD Radeon RX 9070 XT ko'rsatildi. U NVIDIA GeForce RTX 5070 Ti darajasiga yaqin unum beradi, lekin odatda ancha hamyonbop turadi. Ustiga-ustak, FSR4 texnologiyasi tasvir sifatini sezilarli yaxshilashga yordam berishi ta’kidlandi.
O'rtacha narx toifasida yetakchilik AMD Radeon RX 9070 ga berildi: u RTX 5070 dan deyarli ortda qolmaydi, biroq 4 GB qo'shimcha videoxotira bilan ustunlikka ega. Bu esa yuqori sifatda o'ynaydiganlar uchun muhim detal. NVIDIA tomonida esa ekspertlar GeForce RTX 5070 Ti ni alohida ajratdi — kuchli unum va ilg'or grafik imkoniyatlar bor, ammo narxi raqobatchilarnikidan balandroq.
Ommabop segment uchun eng maqbul variant sifatida NVIDIA GeForce RTX 5060 Ti 16G tan olindi. 16 GB xotira va NVIDIA DLSS 4 qo'llovi hisobiga u barqaror va silliq geýmplýeni ta’minlaydi hamda tezlik bo'yicha Radeon RX 9060 XT dan ustunroq ekani qayd etildi. Tejamkorroq xaridorlarga esa Radeon RX 9060 XT tavsiya qilindi: u QHD formatini ishonchli tortadi va FSR4 ni qo'llab-quvvatlaydi.
Eng arzon yechim sifatida NVIDIA GeForce RTX 5060 tilga olindi — FHD o'yinlari uchun qulay, biroq og'ir loyihalarda 8 GB xotira yetishmasligi mumkin. Byudjet yig'ilmalar uchun esa Intel ARC B570 tavsiya etildi: 10 GB videoxotira, Intel XeSS qo'llovi va past energiya talabi uni eski quvvat bloklari bilan ham mos variantga aylantiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!