NVIDIA GeForce RTX 3060 ni yana bozorga qaytarmoqchi

Insayderlarga tayangan xabarlarga ko'ra, NVIDIA ommabop GeForce RTX 3060 videokartasini yana sotuvga qaytarishni rejalashtirmoqda. Wccftech yozishicha, ishlab chiqarish 2026 yilning birinchi choragidayoq qayta yo'lga qo'yilishi mumkin. Bu haqda playground.ru xabar beradi.
Ma'lumotlarga qaraganda, bu qaror DRAM tanqisligi hamda joriy avlod grafik protsessorlari ta'minotidagi cheklovlar fonida ko'rib chiqilmoqda. Ya'ni kompaniya yangi GPUlar yetishmayotgan paytda bozorni arzonroq va sinovdan o'tgan yechim bilan to'ldirishni istashi mumkin.
RTX 3060 ilk bor 2021 yilda chiqqan bo'lsa-da, hanuz Steam'da geymerlar orasida eng ko'p talab qilinadigan modellardan biri bo'lib turibdi. RTX 4060 va 5060 faol targ'ib qilinayotganiga qaramay, oldingi avlodning ommaviy segmenti o'z auditoriyasini yo'qotmayapti.
Qayd etilishicha, NVIDIA hamkorlarini ishlab chiqarishni qayta boshlash rejasi haqida ogohlantirgan, biroq qaysi modifikatsiyalar qaytishi hozircha aniq emas: 8 va 12 GB versiyalari ikkovi hammi yoki faqat bittasimi. Avval 12 GB varianti iliq kutib olingan, 8 GB esa 128-bit shina sabab tanqidga uchragandi.
RTX 3060 ning ehtimoliy qaytishi DRAM muammosi videokartalar narxi va yetkazib berishiga qanchalik kuchli ta'sir qilayotganini ham ko'rsatadi. Xususan, RTX 5060 uchun GDDR7 xotirasi hanuz qimmat bo'lib qolayotgani ommaviy segment imkoniyatlarini cheklayotgani aytilmoqda.
Tahlilchilar fikricha, agar NVIDIA bu relizni haqiqatan ommabop qilmoqchi bo'lsa, narxni 200 dollardan pastroq belgilashi ma'qul. Shunda RTX 3060 o'rta toifadagi geymerlar uchun hamyonbop muqobilga aylanib, kompaniyaning mass-market segmentidagi pozitsiyasini mustahkamlashi mumkin.
Umuman olganda, RTX 3060 ning qaytishi NVIDIAga ommaviy segment takliflarini muvozanatlash, yangi GPUlar defitsitini qisman yopish va o'yinchilarga vaqt sinovidan o'tgan grafik protsessorni yana bir bor taklif etish imkonini beradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!