date

Soliq qarzi uchun tadbirkorning maxsus texnikasi xatlandi

Soliq qarzi uchun tadbirkorning maxsus texnikasi xatlandi

"X.K" MCHJning besh yuz million so‘mdan ortiq soliq qarzini to‘lamaganligi sababli, Jizzax viloyati Soliq boshqarmasining qaroriga asosan Majburiy ijro byurosining G‘allaorol tumani bo‘limi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atildi.

Davlat ijrochilari jamiyatning hisob raqamlariga band solib, mol-mulklariga taqiq qo‘yishdi. Qidiruv natijasida qarzdorga tegishli konlarda yuk tashuvchi maxsus texnika topilib, qarzdorlikni undirish uchun qo‘shimcha manba sifatida xatlandi.

Agar qarzdorlik to‘liq qoplanmasa, ushbu taxnika auksionda sotilib, tushgan mablag‘ soliq qarzini uzishga yo‘naltiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Soliq qarzi uchun tadbirkorning maxsus texnikasi xatlandi