Doston Tursunov Gonkongda dekabr oyining eng zo‘r o‘yinchisi bo‘ldi

O‘zbekistonlik markaziy himoyachi Doston Tursunov Gonkongda yana bir bor o‘z so‘zini aytdi — u o‘tgan oy, ya’ni dekabrning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi. Bu yangilikni jurnalist Narzulla Saydullayev ham o‘z xabarida alohida ta’kidlab o‘tdi.
“O‘zbekistonlik himoyachi Dostonbek Tursunov Gonkong chempionatining «tomiriga tushib oldi». Hamyurtimiz butun boshli chempionatda dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi”, — deyiladi xabarida.
30 yoshli futbolchi “Li Man” safida dekabr oyida 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, himoyachi bo‘lishiga qaramay 2 ta gol urishga ham ulgurdi. Markaziy himoyachi uchun bu — oddiy statistika emas, bu jamoaga ta’sir qiladigan real natija.
Qisqasi, Doston Gonkong chempionatiga “moslashib oldi” degan gap kamlik qiladi: u Gonkongda o‘zini tanityapti, natija qilayapti va eng muhimi — O‘zbekiston futboli nomi yana bir maydonda yangrayapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!