date

“O‘zbekiston–2030”da mahalliy kengash va hokimliklar to‘liq raqamlashadi

“O‘zbekiston–2030”da mahalliy kengash va hokimliklar to‘liq raqamlashadi

“O‘zbekiston–2030” strategiyasining loyihasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari — mahalliy kengashlarning ta’sirchanligi va javobgarligini oshirish, ularni aholi manfaatlarini ifoda etuvchi asosiy institutga aylantirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilangan.

Loyihaga muvofiq, 364-band doirasida mahalliy kengashlar faoliyati samaradorligini ko‘tarishga qaratilgan 5 ta qonunchilik hujjatini takomillashtirish rejasi nazarda tutilmoqda. Bu orqali vakillik organlarining vakolatlari, nazorat mexanizmlari hamda jamoatchilik bilan muloqotning ta’sirchanligini yanada kuchaytirish maqsad qilingan.

Shuningdek, 365-bandda mahalliy vakillik organlari ishini to‘liq — 100 foiz raqamlashtirish vazifasi qo‘yilgan. Bunda qaror qabul qilish, muhokama o‘tkazish, nazorat-tahlil jarayonlarini yanada shaffof va tezkor qilish, aholi uchun ochiq axborot muhitini kengaytirish ko‘zda tutiladi.

Loyihada mahalliy davlat hokimiyatining ijro organlari faoliyatini ham yangilash va transformatsiya qilish ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etilgan. Xususan, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyiliga tayangan holda yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Jumladan, 366-bandga ko‘ra, hokim va uning o‘rinbosarlari tomonidan qabul qilinadigan hujjatlarni — kollegial organ qarorlari, xulosa, dalolatnoma, bayonnoma kabi turli hujjatlarni E-qaror elektron tizimi orqali tayyorlash va qabul qilish ulushini 100 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan. Bu hujjat aylanmasini to‘liq elektron shaklga o‘tkazish, ortiqcha qog‘ozbozlikni qisqartirish va jarayonlarni yengillashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, 367-band doirasida har yili respublika darajasida bajariladigan 50 ga yaqin funksiya va vakolatlarni mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga o‘tkazish masalasi ham rejaga kiritilgan. Maqsad — qaror qabul qilishni aholiga yaqinlashtirish, hududlardagi muammolarni tezroq hal qilish imkoniyatlarini kengaytirish.

Loyihaning 368-bandida esa mahalliy ijro organlari aholi manfaatlariga daxldor vakolatlarni amalga oshirishda “byurokratiyani nol” tamoyilini 100 foizgacha olib chiqish vazifasi qo‘yilgan. Bu jarayonlarni soddalashtirish, talab qilinadigan hujjatlar sonini kamaytirish va xizmat ko‘rsatish tezligini oshirishga qaratilgan.

Shuningdek, 369-bandga muvofiq, ijtimoiy-iqtisodiy sohalar, qurilish va energetika, inson resurslari, soliq, bojxona, aholini ish bilan ta’minlash kabi yo‘nalishlarga oid 20 tadan ortiq elektron tizimni hokimliklar ishiga joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu orqali hududiy boshqaruvda ma’lumot almashinuvi, tahlil va monitoring mexanizmlarini yanada kuchaytirish ko‘zda tutiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » “O‘zbekiston–2030”da mahalliy kengash va hokimliklar to‘liq raqamlashadi