Fotosurat va videoxabarlar bilan almashishga mo‘ljallangan Snapchat messenjeri yaratuvchilari o‘zlarining birinchi gadjetlari – ichki o‘rnatilgan kamerali quyoshdan saqlovchi ko‘zoynak Spectacles’ni taqdim qildilar. Bu haqda The Wall Street Journal'ga asoslanib "Kun" xabar berdi.
"Biz eng kichik simsiz videokameralardan birini yaratdik, u bir quvvatlanish bilan kun davomida snaplar olishga imkon beradi", deb aytildi qurilmaga berilgan ta’rifda. Ta’kidlanishicha, qurilma uzunligi 10 soniyagacha bo‘lgan video yozib, uni Bluetooth yoki Wi-Fi orqali smartfonga uzata oladi.
Ko‘zoynaklar uch xil rangda – qora, feruza va korall ranglarida taklif qilinadi. Qurilma 2016 yil kuzida savdoda paydo bo‘lib, uning narxi 129,99 dollarni tashkil qiladi.
Bundan tashqari, Snapchat asoschisi va rahbari Evan Shpigel kompaniyaning qayta shakllanishini ma’lum qildi. Endi kompaniya Snap Inc. deb ataladi. Yangilangan kompaniya ham Snapchat’ni rivojlantirish, ham Spectacles loyihasiga kiruvchi kamera va boshqa mahsulotlarni yaratish biznesi bilan shug‘allanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi