Dastur ishlab chiqaruvchilari IFTTT (If This Then That) servislar o‘rtasida o‘zaro birlashtiruvchi platformani taqdim etishdi.
Unga ko‘ra, endilikda messenjerda suhbatlarni saqlab qo‘yish imkoni mavjud. Shuningdek, IFTTT 360 dan ortiq ilovani birlashtirishga yordam beradi. Ular orasida Twitter, Instagram, Gmail, Dropbox, «Google Disk», Spotify, Pinterest va boshqalar bor. Messenjer ishlab chiqaruvchilarining so‘zlariga ko‘ra, Telegram «IFTTT bilan butunlay birlashgan» birinchi servis bo‘ldi.
IFTTT bilan birlashish uchun @IFTTT botini ishga tushirib, platforma saytida ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Shuningdek, IFTTT-botni guruhli chat yoki xususiy kanalga qo‘shish imkoni yaratildi. Bu esa foydalanuvchiga unga ma’qul bo‘lgan axborot yoki xizmatlarni suhbatdosh va obunachilari bilan bo‘lishish imkonini beradi. Xususan, Instagram-sahifadan yangi fotosuratlarni yuklab olishni sozlash ham mumkin.
Bundan tashqari, Telegram’da muhim yozishmalarni xabarlar panelining yuqori qismida mustahkamlab qo‘yish imkoni bor. Bu kerakli kishilar xabarini yo‘qotib qo‘ymaslikka yordam beradi, deb aniqlik kiritishdi messenjer ishlab chiqaruvchilari. Foydalanuvchi bir vaqtning o‘zida beshta suhbatni saqlab qo‘yishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi