Musulmonlar qayd qilinuvchi ro‘yxatning yaratilishida Google, Apple va Uber ishtirok etishdan bosh tortdi

  • 17 dekabr 2016, 22:45
  • 3 915
  • Texnologiya
  • Musulmonlar qayd qilinuvchi ro‘yxatning yaratilishida Google, Apple va Uber ishtirok etishdan bosh tortdi

    Google, Apple va Uber kompaniyalari AQShning yangi prezidenti etib saylangan Donald Tramp yaratilishi mumkinligini aytgan, musulmonlar qayd qilinuvchi ro‘yxatning yaratilishida ishtirok etmaydilar. Bu haqda "Kun.uz" nashri ma’lum qildi.

    Google vakili nashr bilan suhbatda ularga hech kim bunday ro‘yxatni yaratishda ishtirok etishni taklif qilmagani, biroq agar shunday taklif bildirilsa ham, kompaniya o‘ylab o‘tirmasdan buni rad etishini aytgan. Apple vakili ham shunga o‘xshash javob bergan, biroq kompaniya o‘zining barcha foydalanuvchilariga birdek munosabatda ekanligini qo‘shimcha qilgan. Uber’da ham bunday xizmatni yaratishda ishtirok etmasliklari aytildi.

    Nashr, shuningdek, bu borada Amazon va Oracle kompaniyalari fikrini bilish uchun bu kompaniyalarga so‘rov yuborgan, biroq ulardan javob olinmagan.

    Donald Tramp AQShda yashovchi barcha musulmonlar qayd qilinadigan ro‘yxatning yaratilishi mumkinligini aytgan. Uning aytishicha, bu ro‘yxat AQShdagi terrorchilik faolligini nazorat qilishga yordam beradi.

    2016 yil 13 dekabrda AQShning yirik texnologik kompaniyalaridagi 1,5 ming kishi musulmonlar qayd qilinadigan ro‘yxatning yaratilishida hech qachon ishtirok etmasliklarini aytishgan. Google, Apple, Amazon, Uber va Oracle kompaniyalari xodimlari ham bunga o‘z noroziliklarini bildirganlar.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Musulmonlar qayd qilinuvchi ro‘yxatning yaratilishida Google, Apple va Uber ishtirok etishdan bosh tortdi