15:29 / 05.02.2017
5 554

Sud Google’ga chet eldagi serverlarda saqlanayotgan xatlarni AQShga taqdim etish majburiyatini yukladi

Sud Google’ga chet eldagi serverlarda saqlanayotgan xatlarni AQShga taqdim etish majburiyatini yukladi

Amerika sudi Google kompaniyasiga AQSh hukumatiga o‘z mijozlarining chet eldagi serverlarda saqlanayotgan elektron xatlarini taqdim etish majburiyatini yukladi, deb yozadi «Daryo» nashri.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, sudya Tomas Ruyter ushbu qarorni FQB agentlari AQSh ichkarisida firibgarlik bilan bog‘liq tekshiruvni olib borishi uchun qabul qildi.

«Google’ning xorijdagi turli serverlaridan ma’lumotlarni olish shaxsiy hayotga hujumga olib kelsa-da, aslida axborot AQShda fosh etilsa, shaxsiy hayotga tajovuz qilingan hisoblanadi», — dedi sudya.

Javob bayonotida Google appelyasiya berish niyatini ma’lum qildi.

Reuters eslatishicha, o‘tgan yilning iyulida Nyu-Yorkdagi apellyasiya sudi Microsoft kompaniyasi narkotiklar haqidagi ish bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilishi uchun o‘zining Irlandiyadagi serveridan ma’lumotlarni Amerika hukumatiga taqdim etishga majbur emas, deb topgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Sud Google’ga chet eldagi serverlarda saqlanayotgan xatlarni AQShga taqdim etish majburiyatini yukladi