Google va Twitter qo‘shma yangiliklar xizmatini ishga tushirmoqda

  • 13 sentyabr 2015, 12:42
  • 4 091
  • Texnologiya
  • Google va Twitter qo‘shma yangiliklar xizmatini ishga tushirmoqda

    AQShning Google va Twitter internet-kompaniyalari mobil qurilmalar, birinchi navbatda smartfonlar uchun qo‘shma axborot-yangiliklar xizmatini ishga tushirmoqda. Bu haqda Business Insider nashriga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

    Dasturning o‘ziga xos jihati shundan iboratki, u turli nashrlarga o‘z materiallarini Google va Twitter internet-resurslarida joylashtirish imkonini beradi. Hozirda bu uzilish bilan sodir bo‘lmoqda. Bunda ko‘p hollarda foydalanuvchilar o‘zlarini qiziqtirib qolgan maqola bilan tanishish uchun nashr saytiga kirishga majbur bo‘lmoqdalar. Google va Twitter’ning yangi dasturi o‘zgacha yo‘lni taklif qilmoqda – endilikda maqolalar to‘la hajmda darhol paydo bo‘ladi.

    “Kompaniya rivojlanishida mustaqil dasturchilarning ishtirokini ko‘zda tutuvchi ochiq tizimlarni yaratmoqda. Ko‘rinishicha, qolgan ijtimoiy tarmoqlar ham o‘zlarida shunday dasturlarni ishga tushiradilar”, deb ta’kidlanmoqda nashrda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Google va Twitter qo‘shma yangiliklar xizmatini ishga tushirmoqda