iOSda yangi virus paydo bo‘ldi

  • 07 oktyabr 2015, 09:39
  • 4 250
  • Texnologiya
  • iOSda yangi virus paydo bo‘ldi

    Xitoy va Tayvandagi Apple kompaniyasi qurilmalarida YiSpecter deb nomlangan yangi virus paydo bo‘ldi. Bu haqda Cnet'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

    iOS bazasidagi qurilmalarni zararlovchi yangi virus o‘zboshimchalik bilan reklama e’lonlarini ko‘rsatib, mobil ilovalarni o‘rnatadi va ishga tushiradi, ularni mavjudlari bilan almashtirib, reklama roliklarini namoyish etish uchun boshqa ilovalardan foydalana oladi.

    Shuningdek, virus o‘rnatilgan standart qidiruv tizimini o‘zgartirib, brauzerdagi yangi sahifalarni yopadi va qurilma haqidagi ma’lumotlarni yuklaydi.
    Paolo Alto Networks`dagi kiberxavfsizlik sohasi mutaxassislarining so‘zlariga ko‘ra, QVOD ilovasi qiyofasi ostida yashiringan YiSpecter virusi juda ko‘p imkoniyatlarga ega.

    “Biz o‘z mijozlarimizga kechayotgan hodisalardan boxabar bo‘lib borish, faqatgina App Store rasmiy do‘konidan kontentlarni ko‘chirib olishni tavsiya qilamiz”, - dedi Apple kompaniyasidagi axborot manbasi.
    Ayni paytda zararlangan qurilmalar soni qancha ekani noma’lum. Biroq virus 2014 yilning noyabr oyidan buyon mavjud bo‘lib, Osiyo mamlakatlarida keng tarqab ulgurgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » iOSda yangi virus paydo bo‘ldi