18:11 / 31.01.2018
5 241

Olimlar dunyodagi eng mitti robotni yaratishdi

Олимлар дунёдаги энг митти роботни яратишди
Germaniyaning Maks Plank intellektual tizimlar instituti olimlari qattiq yuza ustida ham, suyuqlik ichida ham birday harakatlana oluvchi robot yaratishga muvaffaq bo’ldilar. Uning kattaligi esa kishini haqiqatan hayratga soladi, sababi robotning uzunligi 1 millimetrdan oshmaydi.

Robotning korpusi elastomer kauchukdan yaratilgan bo’lib, uning ichi mayda magnitli qismlar bilan to’ldirilgan. Qismlar magnit maydonini sezganlari zahoti robot o’z shaklini o’zgartiradi va harakatlana boshlaydi.

Texnologiyalar rivochlanishining mazkur bosqichidagi qurilmalar kasalxonalarda ko’rsatiladigan tibbiyot xizmatlarini yanada kengaytirish va yaxshilash imkonini beradi. Ushbu robotcha esa dorilarni yetkazib berish jarayonini tezlashtirish va ichki a’zolar diagnostikasini o’tkazishda ko’maklashishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Olimlar dunyodagi eng mitti robotni yaratishdi