Odatda egiluvchan smartfonlar deganda ko‘pchilikning xayoliga “Samsung” kompaniyasining mahsulotlariga keladi, biroq “Apple” ham egiluvchan smartfonlar ustida faol ish olib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya 2020 yilda o‘zining birinchi egiluvchan “iPhone”ni taqdim etadi, deb yozadi “Xabar” nashri.
Amerika investitsiya kompaniyasi tahlilchilaridan birining aytishicha, u “Apple”ga ehtiyot qismlarini yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan osiyolik tanishidan yangi smartfon qachon taqdim etilishi mumkinligini bilib olgan. “Apple” ekrani egiluvchan smartfon hamda o‘z displeyi maydonini ikki barobarga oshirib, planshetga aylana oladigan smartfonni yaratish ustida ish olib bormoqda.
Ko‘rinishidan, gap ko‘plab smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan taqdim etilgan kitob yoki vertikal shaklda yig‘iluvchi qurilma haqida ketmoqda. 2017 yilning oxirida “Apple” shu turdagi egiluvchan smartfonga patent ham olgan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Apple” kompaniyasi smartfon ekranlarini yaratishda “LG” bilan hamkorlik qiladi. Mazkur kompaniya avvalroq egiluvchan ekranni yaratishga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi