16:05 / 04.05.2018
9 874

Eynshteyn qabrga olib ketgan sir: Ko‘rinmas odam afsona emas!

Eynshteyn qabrga olib ketgan sir: Ko‘rinmas odam afsona emas!
1955 yilning 18 aprel kuni. Nisbiylik nazariyasi muallifi Albert Eynshteynning yuragi urishdan to‘xtadi. Vasiyatiga ko‘ra, uni yashirin dafn etishdi. Boshqa bir manbalarda aytilishicha, Eynshteyn o‘limidan sal oldin ayrim qo‘lyozmalarini ko‘z o‘ngida yoqib kul qilishlarini so‘ragan. Uning fikricha, bu kashfiyot insoniyatga faqat ziyon yetkazishigina mumkin ekan…

BU QAYSI KAShFIYoT EDI?
Taassufki, bu savolning javobini dohiy fizik o‘zi bilan boqiylikka olib ketdi. Ma’lumki, Albert Eynshteyn atom bombasining yaratilishiga qarshi kurash olib borgan. Uning bu kurashi umrining oxirgi davrlarida, Vohid soha nazriyasining yaratilishi mobaynida yanada faollashgan. Bu nazariyaning mohiyati shundan iborat ediki, uch fundamental kuch — elektromagnit, gravitatsiya va atom bombasining birgalikda ta’siri yagona unsur ifoda etishi mumkin. Olim o‘z mehnatlarini mahv etishga majbur bo‘ldi. Sabab, bu kashfiyot insoniyat uchun tahlikali bo‘lishini sezib qoladi. Amerika harbiy qo‘shinlari bu nazariyaning ayrim qismlarini qo‘lga kiritgan. Vaholanki, 2016 yil fevralidan beri amerikalik olimlar ko‘rinmas plashch (kurtkacha) ustida ish olib borishyapti.

KO‘RINMAS ODAM BO‘LISh MUMKINMI?
O‘sha payt olib borilgan eksperiment haqiqiy ma’noda fojia bilan yakunlangan. Ikkinchi jahon urushi paytida harbiy mutaxassislar kema va samolyotlar dushman lokatoriga tushib qolmasliklari uchun “ko‘rinmas”ga aylanishni orzu qilishadi va bu borada jiddiy shug‘ullanishadi. Ular yuksak quvvatli elektromagnit yaratishdi. O‘ylashgandiki, quyosh nuri bilan reaksiyaga kirishsa, ob’ekt ham inson ko‘zi uchun, ham jihozlar uchun ko‘rinmaydi, sezilmaydi. Bu mas’uliyat esa Eynshteynga topshirildi.

KO‘RINMAS KEMA QISMATI
1943 yil martida Filadelfiyada “ko‘rinmaslik generatori” o‘rnatilgan “Eldrij” harbiy kemasi ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Keyinchalik boshqa joyda paydo bo‘lgan kemaning butun yo‘lovchilari aqldan ozishgandi. Endilikda muammo kemaning bir muddat yo‘qolib qolganida emas, kemadagilar aqldan ozganlarida edi. Dengizchilar o‘zlarini g‘alati tutar, ruhshunoslar ularning “jinni” ekanliklarini isbotlashdan nariga o‘tishmasdi. Ayrim dengizchilarning esa erib ketgan tanalari topildi kemadan…

QORA TUYNUKLAR
Bugun olimlar uchun yangilik emaski, gravitatsiya kollapsina (gravitatsiya kuchlari ta’siri ostida katta jismlarning siqilishi) fazoning “Shvarstshild sferasi” yoki “Qora tuynuk”larni keltirib chiqaradi va bu tuynuklarda butun boshli koinot joylashishi mumkin. Bizning zamonimizda parallel dunyolar ham ertak bo‘lmay qolgan. Ayrim olimlarning fikricha, u yerga kosmosga chiqmasdan turib ham tushish mumkin. Ya’ni Yerni tark etmay turib, kuchli energetik ta’sir bilan fazoni “teshib” o‘tish mumkin.

“KRITTERLAR”NING YeRGA KELIShI
Balki, Albert Eynshteyn o‘zi bilan qabrga olib ketgan sir shu bo‘lgandir. Har holda bu taxmin ko‘p ishni oydinlashtiradi. Misol uchun, italiyalik tad­qiqotchi Luchano Bakkonening izlanishlari shunday izoh bilan yakunlangan. Bakkone bu “kritterlar”ni hayotning xususiy formasi bo‘lgan efir formasi deb atab, bizning dunyoga parallel fazodan kelgan, deb hisoblaydi.

E’tibor bersangiz, har portlashda katta energiya ajralib chiqadi. Agar aynan o‘sha paytda boshqa olamga o‘tish mumkin bo‘lsa, unda “kritterlar”ning Yerga kelishi uchun kifoyat qadar imkon hosil bo‘ladi. Bu esa ko‘rinmaslikni keltirib chiqaradi.

Albatta, bular shunchaki taxminlar. Ammo AQShning “Fenomen” komissiyasi ekspertlari tomonidan bu mavzu qayta ko‘tarilgan va bir qancha tadqiqotlar olib borilmoqda. Qolaversa, Eynshteynning nazariy ishlarini real tatbiq etish boshlangan. Shu bilan birga, ular “vaqt mashinasi” ustida ham jiddiy qadamlar tashlashyapti.
Vahob RAHIM tayyorladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Eynshteyn qabrga olib ketgan sir: Ko‘rinmas odam afsona emas!