18:15 / 30.10.2018
3 716

Xitoyda eng bardoshli tola ixtiro qilindi

Xitoyda eng bardoshli tola ixtiro qilindi
Pekinning Sinxua universiteti tadqiqotchilari juda kuchli bo‘lgan tolani ixtiro qilishdi. Olimlarning aytishicha, bu toladan “koinot lifti”ni bunyod etish uchun ham foydalanish mumkin deb yozadi Turon24 axborot agentligi.

Tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra, kashf qilingan tolaning bir santimetr kvadrat hajmdagisi 1,6 gramm og‘irlikka ega bo‘lib, quvvati 160 fil og‘irligi yoki 800 tonna yukni ko‘tarishga yetadi. Xitoy allaqachon bu ixtiro uchun patent olishga ham ulgurdi.

Sinxua universiteti tadqiqotchisi Van Chansinning ta’kidlashicha, ixtiro qilingan tola juda ko‘p vazifalarni bajara oladi. Masalan, undan sport jihozlarini yasashda, ballistik zirhlarda, koinotda ham foydalanish mumkin.

"Jenmin jibao" bergan xabarga ko‘ra, tadqiqotchilar koinotga yuboriladigan lift loyihasi haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Mazkur loyihani amalga oshirishning turli yo‘llari mavjud. Ulardan biri – koinotga radif yo‘llashdir. Bunda apparat va Yer o‘rtasida ip tortiladi va lift shu ipga ulanadi. Tadqiqotchilar bu jarayonni amalga oshirishning imkoni borligini aytmoqda.

Shu paytgacha “koinot lifti” loyihasi haqidagi g‘oya mavjud edi xolos. Yagona muammo esa bu liftni ushlab turadigan bardoshli material yo‘qligida edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoyda eng bardoshli tola ixtiro qilindi