01:55 / 10.11.2018
4 261

Shvetsiya aholisi qo‘liga "mikrochip" o‘rnatilmoqda

Shvetsiya aholisi qo‘liga "mikrochip" o‘rnatilmoqda
Joriy yilning bahoridan Shvetsiyada aholini chiplashtirish ishlari boshlangan. Odamlar bosh barmoq va ko‘rsatkich barmoq orasiga plastik karta, ruxsatnoma va boshqa o‘zlari bilan olib yuruvchi qurilmalarni o‘rnini bosuvchi mikrochip o‘rtishmoqda. Agar o‘tgan yili 100 ga yaqin odam shu yo‘l bilan to‘lov qilgan bo‘lsa, bu yili Daily Mail ma’lumotiga ko‘ra, 4 mingdan oshgan va yana oshib bormoqda.

Chipning xususiyatlari:
  • Elektron hamyon, bank kartalari, yo‘l chiptalari va shunga o‘xshash ruxsatnomalarning o‘rnini bosadi. Uning yordamida terminalga qo‘l tekkizib, to‘lovlarni amalga oshirish mumkin;
  • Hajmi guruch donasiday;
  • Narxi, o‘rnatish xizmatlari bilan $180 tashkil etadi. Ayrim kompaniyalar o‘z xodimlariga bepulga o‘rnatishni yo‘lga qo‘ygan;
  • GPS o‘rnatilmagan, shuning uchun odamni kuzatish imkoniyati yo‘q;
  • Chip faqatgina terminaldan bir necha santimetr yaqinlikda ishlaydi. Ma’lumotni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan jinoyatchi chip o‘rnatilgan qo‘lni qo‘lga kiritsagina maqsadiga yetadi;
  • U "faol" qurilma emas, ya’ni o‘zida ma’lumot saqlaydi, ammo boshqa qurilma ma’lumotlarini o‘qiy olmaydi.

Bunday yangilikka qarshi bo‘lganlar ham bor. Birinchidan, skeptiklar hech kim insondagi ma’lumotlarni o‘g‘irlanishidan saqlashga to‘liq kafolat bera olmaydi, deb hisoblashmoqda. Ikkinchidan, qurilmada GPSning yo‘qligi vaqtincha, keyinchalik yirik kompaniyalar hodimlarining qayerda yurganliklarni bilish uchun kuzatishni yo‘lga qo‘yishlari mumkin, degan fikrni ilgari surishmoqda. Ular, bo‘lmasa, nega ayrim kompaniyalar bu xizmatni tekinga amalga oshirishmoqda, degan savolni qo‘yishdi. Bir so‘z bilan aytganda, "Katta Og‘a seni ko‘rib turibdi, Katta Og‘a seni kuzatmoqda".

Ha, bu juda qulay. Hech qanday ortiqcha harakatsiz eshik ochish, biror narsa xarid qilish yoki jamoat transportida to‘lovni birgina qo‘l bilan bajarish mumkin.

Balki, 5 yildan so‘ng tasodifan ushbu maqolani o‘qiganlar konservativ mulohaza yuritilganidan kular, ammo masalaning boshqa tomoni o‘ylantirish ham mumkin. Siz nima deb o‘ylaysiz, mikrochiplarga ishonsa bo‘ladimi? Siz qo‘lingizga mikrochip o‘rnattirarmidingiz?

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Shvetsiya aholisi qo‘liga "mikrochip" o‘rnatilmoqda