Ma'lumotlar uzatishning zamonaviy texnologiyalarini faol joriy etish, keng polosali ulanishning optik tarmoqlarini rivojlantirish va mobil aloqa tarmog‘ini modernizatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlarni ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Xitoy davlat taraqqiyot bankidan 5 yil muddatga 40 million dollar miqdorida qarz oladi.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga ko‘ra, ushbu mablag‘lar investitsiya loyihalari doirasida «O‘zbektelekom» AK tomonidan tuziladigan, texnologik uskunalar, dasturiy ta'minot hamda xizmatlar ko‘rsatishni yetkazib berish uchun import shartnomalari qiymatining 100 foizini to‘lashga sarflanadi.
Xitoy davlat taraqqiyot banki kreditini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek, foizlar, komissiyalar va ular bo‘yicha boshqa xarajatlar «O‘zbektelekom» AKning shaxsiy mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Hujjatda «5G texnologiyasini joriy etish istiqboli bilan telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish», «Ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini kengaytirish» hamda «Internetga keng polosali ulanish bo‘yicha simsiz texnologiyalarni joriy etish» kabi loyihalar ham nazarda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi