19:00 / 27.07.2019
3 358

Yangi turdagi bioyonilg‘i yartildi

Yangi turdagi bioyonilg‘i yartildi
Foto: «Avtonov»
Shvetsiyaning Upsala universiteti bioyonilg‘ining yangi turini patentladi. Bu haqda «Sveriges Radio SR» radiosiga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qilmoqda.

Yangi turdagi bioyonilg‘ini faqat yorug‘lik, suv va karbonat angidriddan oziqlanuvchi fotosintezlovchi bakteriyalar ishlab chiqaradi. Bular, asosan, ko‘k-yashil suv o‘tlari deya nom olgan sianobakteriyalardir.

Bu bakteriyalar o‘sishi davomida ekologik toza yonilg‘i — butanol moddasini ishlab chiqaradi. Butanol bir atomli spirt hisoblanadi. Bu yonilg‘ining qo‘llanish sohalari juda keng.

Ushbu loyihani juda istiqbolli deyishmoqda: juda keng miqdorda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilsa havoning karbonat angidriddan zaharlanishi pasayadi. Shved olimlarining ishlanmasiga ko‘plab avtokonsernlar, xususan, «Volkswagen» qiziqish bildiryapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yangi turdagi bioyonilg‘i yartildi