Smartfondagi ma’lumotlarni qanday himoya qilish mumkin?

  • 19 yanvar 2020, 08:46
  • 962
  • Texnologiya
  • Smartfondagi ma’lumotlarni qanday himoya qilish mumkin?
    O‘quvchilarimizga smartfonlarni himoya qilishni eslatib, buning uchun sabablar va bu boradagi tavsiya hamda maslahatlarini keltirib o‘tamiz.

    1. Nega ma’lumotlarni himoya qilishim kerak? Ular kimga kerak?
    Misol uchun, firibgarlarga. Smartfondagi ma’lumotlar orqali bank hisob raqamingiz, mobil hamyoningiz yoki yozishmalaringizga erishish mumkin. Bundan tashqari, vijdonsiz maxsus xizmat xodimlarining qurboniga aylanishingiz ham mumkin.

    2. Qanday ma’lumotlar haqida gapiryapsiz?
    Har bir inson qanday ma’lumotni yo‘qotishdan qo‘rqishini o‘zi hal qiladi. Texnik nuqtai nazaridan ularni ikkiga ajratish mumkin. Smartfonigizdagi va “bulut tizimi”dagi ma’lumotlar. Bu ajratish judayam muhim, chunki ularning himoya tizimi har xil.

    3. Smartfon xotirasidagi ma’lumotlarni qanday himoya qilish mumkin?
    Eng oddiy qoidalardan biri bu smartfoningizni qo‘zdan qochirmang va uni biron bir o‘g‘ri olib keta olmaydigan joyda saqlang. Albatta ekran blokirovkasi (screen lock) ma’lumotlarni himoya qilishning eng asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, har xil smartfonlar bir qancha turdagi himoya vositalarini ishlatishga imkon beradi: parol, pin-kod, grafik kalit (barmoqlar yordamida chiziladigan maxfiy kalit), yuzni yoki barmoq izini aniqlash kabilar.

    4. Pin-kod paroldan qanday farq qiladi?
    Unchalik farq ham yo‘q: pin-kod faqatgina sonlardan tashkil topsa, parol sonlar va so‘zlardan ham tashkil topishi mumkin.

    5. Qaysi himoya vositasi eng yaxshi?
    Eng yaxshi himoya vositalaridan biri bu ko‘pgina son va harflardan iborat bo‘lgan uzun va qiyin parol. Bunday vosita barcha smartfonlarda mavjuddir. Aytib o‘tish kerakki, barcha vositalarning ham kamchiligi mavjud. Masalan, uzun parolni eslab qolish mushkul, grafik kalitni ekranda qoldirilgan izdan bilib olish, hattoki barmoq izini ham ko‘chirish mumkin.

    6. Agar xotiram sust va har doim telefonimni unutsam nima qilish kerak?
    Bunday holatlarda oldini olish me’yorlariga amal qilish zarur. Ayfonlarda va Android’larda ham xarita orqali telefonning joylashgan joyini qidirib topish imkoniyati kiritilgan. Bundan tashqari ayfonlarda o‘n marta noto‘g‘ri parol kiritilganda avtomatik tarzda barcha ma’lumotlarni o‘chirib yuborish imkoniyati mavjud (faqat uni oldindan telefonning parol bo‘limida yoqish zarur). Agar sizning farzandlaringiz bo‘lsa va ularning qo‘liga telefoningiz tushib qolsa, bunday vosita achinarli oqibatga olib kelishi mumkin.

    7. Android avtomatik tarzda ma’lumotlarni o‘chira olmaydimi?
    Yo‘q. Lekin ayfonlar kabi Android’dagi ma’lumotlar ham shifrlangan bo‘ladi. To‘g‘ri ayfonlardan shifrlash avtomatik tarzda bo‘lsa, Android’da esa bu imkoniyatni yoqtirib olish mumkin. Agar jinoyatchi smartfonni qo‘lga kiritib, undagi ma’lumotlarni olishga urinib ko‘rsa, ular avtomatik tarzda shifrlanib qoladi.

    8. SD-kartadagi ma’lumotlar ham shifrlanadimi?
    Faqat sanoqli Android smartfonlari SD-kartadagi ma’lumotlarni shifrlay oladi. Agarda bu imkoniyatni smartfonning sozlamalaridan topa olmasangiz, unda hech qanday kerakli ma’lumotlarni saqlamaslikka harakat qiling. Yana bir yo‘li SD-kartali smartfonlarni sotib olmang.

    9. “Bulutlar tizimi” dagi ma’lumotlarchi?
    “Bulutlar tizimi”da ma’lumotlarni olish huquqi Apple ID yoki Google Account parollarini kiritish orqali amalga oshiriladi. Eng muhimi bu parollar mustahkam bo‘lganidir. Smartfoningizga mukammal parol qo‘yib, Apple ID yoki Google Account’ning parollarini oddiy qilib qo‘yish bu ahmoqlik.

    10. Yana nimalarning oldini olish kerak?
    Shubhali dasturlardan ehtiyot bo‘lish zarur, ayniqsa elektron do‘konlarning (App Store va Google Play) tekshiruvidan o‘tmaganlardan. Buni oldini olish uchun dasturga qoldirilgan fikrlarni o‘qing.

    » » Smartfondagi ma’lumotlarni qanday himoya qilish mumkin?