date

Emeri "Arsenal"ga qarshi o‘yindan so‘ng nega Artetaning qo‘lini siqib qo‘ymadi?

Emeri "Arsenal"ga qarshi o‘yindan so‘ng nega Artetaning qo‘lini siqib qo‘ymadi?

APL 19-turi doirasida bo‘lib o‘tgan bahsda «Aston Villa» o‘z maydonida «Arsenal»ga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvdan keyin esa maydon chetidagi vaziyat muxlislar e’tiborini tortdi: birmingemliklar bosh murabbiyi Unai Emeri raqib jamoa ustozi Mikel Arteta bilan qo‘l berib ko‘rishmadi.

Final hushtagi yangrashi bilan Emeri to‘g‘ridan to‘g‘ri tribuna ostiga yo‘l oldi. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgach, ispaniyalik mutaxassis vaziyatga izoh berdi.

«Men odatda raqib murabbiy oldiga boraman, qo‘l berib ko‘rishaman va shundan keyin ichkariga kirib ketaman. Agar u bu qoidaga amal qilmasa, men kutib tura olmayman. Qolaversa, havo ham juda sovuq edi», — dedi Emeri.

Murabbiyning so‘zlariga qaraganda, bu holatda hech qanday asabiylik yoki hurmatsizlik bo‘lmagan. Shunchaki o‘yindan keyingi odatiy tartib buzilgan, xolos. Muxlislar esa bu izohni turlicha qabul qildi: kimdir Emerini qo‘llab-quvvatlasa, kimdir maydon etiketini unutmaslik kerakligini ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Emeri "Arsenal"ga qarshi o‘yindan so‘ng nega Artetaning qo‘lini siqib qo‘ymadi?