Ilk bor xalqaro olimlar jamoasi saraton kasalligining rivojlanishiga olib keladigan DNK mutatsiyalarining to‘liq katalogini tuzib, 38 turdagi saraton hujayralarining genetik ma’lumotlarini “o‘qiy olishdi” deb yozadi Sof.uz.
Saratonning barcha turlari genomining tahliliga bag‘ishlangan tadqiqotlar (PCAWG) 10 yilda amalga oshirildi. Tadqiqotga 37 mamlakatdan kelgan 1300 dan ortiq genetiklar ishtirok etdi.
Natijalar 6 fevral kuni bir vaqtning o‘zida o‘nlab ilmiy jurnallarda chop etildi.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, saratonning sabablarini 100 mingta o‘zgaruvchisi bo‘lgan masalaga qiyoslasa bo‘ladi.
"O‘simtalarning kelib chiqishi va rivojlanishi to‘g‘risida to‘plangan ma’lumotlar yordamida biz saraton kasalligini erta tashxis qilish uchun yangi usullarni ishlab chiqishimiz, ko‘proq maqsadli va muvaffaqiyatli davolashimiz mumkin", dedi PCAWG boshqaruv qo‘mitasi a’zosi Linkoln Shtayn. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi