00:02 / 01.10.2017
8 285

Olimlar bir martalik ustaraning xavfidan bong urmoqda

Olimlar bir martalik ustaraning xavfidan bong urmoqda
Ekspertlar bir marta ishlatiladigan ustaradan ko‘p marta foydalanish mumkin emas, deb hisoblaydi. Buning sababi ular aynan bir martalik ekanligidir.

“Jilet” kabi soqol oladigan bir martalik ustaradan ayrimlar ko‘p marta foydalanishi sir emas, chunki soqolni bir marta olish bilanoq ustara tig‘i o‘tmaslashib qolmaydi. To‘g‘ri, mutaxassislar uni 2-3 marta foydalanishdan qaytarmagan, biroq sog‘liqni saqlash uchun hech bo‘lmasa bir haftada almashtirish lozimligini ta’kidlaydi. Ko‘p marta foydalanish shunday kasalliklar keltirib chiqarishi mumkinki, tasavvur etish qiyin.

Kosmetolog-olimlar ustara tig‘ida bakteriyalar ko‘payishi uchun qulay sharoit bor, deydi. Tig‘ terini kesib olsa, bakteriya osongina qonga o‘tadi hamda yallig‘lanish va boshqa kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Gap shundaki, ustara nam holatda saqlanadi, unda inson terisining mayda qoldiqlari bor, bu esa bakteriyalar ko‘payishi uchun juda qulay sharoitdir. Qolaversa, tig‘ning yonidagi nam tasmachaga ham bakteriya in qura oladi.

Bunday gigiyena qurollaridan noto‘g‘ri foydalanish teri infeksiyasi, achishish, psevdofollikulit, giperpigmentatsiya (terining qorayishi) va boshqa oqibatlarni keltirib chiqaradi.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar bir martalik ustaraning xavfidan bong urmoqda