Joriy yil dekabr oyida O‘zbekistonda yangi interaktiv servis xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi.
Bu haqda davlatimiz rahbarining 14 fevralda qabul qilingan “Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida to‘xtalib o‘tildi.
Ya’ni sohada yangi axborot portali hamda mobil ilovalar yaratiladi. Ularning yordamida hamyurtlarimiz nafaqat zarur dori vositasi mavjud aptekani topishlari, balki uni real vaqt rejimida sotib olishlari mumkin. O‘z navbatida, zarur hollarda sotib olingan dori vositalari va tibbiy buyumlarni tegishli dorixonalar tomonidan aholiga yetkazib berishni ta’minlash ham ko‘zda tutilayapti.
O‘z navbatida, aholi ushbu qulaylik yordamida aptekaning litsenziyasi mavjudligini ham aniqlab oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mazkur loyiha ijrosiga mas’ul etib belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi