Haftasiga ikkita porsiya yogurt iste’mol qilinsa erkaklarda adenoma (zararli o‘simta) rivojlanish xavfini kamaytiradi. Bu o‘simtalar paydo bo‘lishi natijasidai ichak saratonini keltirib chiqarishi mumkin. Bunday xulosaga amerikalik olimlar kelishdi.
Muntazam yogurt iste’mol qilgan erkaklar, umuman bu mahsulotni iste’mol qilmagan kishilarga nisbatan saraton kelib chiqaradigan yo‘g‘on ichak adenomasi rivojlanish xavfini 26 foizga kamaytirdi.
Tadqiqotda 32,6 ming erkak va 55,7 ming ayol qatnashdi. Ularning sog‘lig‘i ahvoli 26 yil davomida kuzatildi.
Har 4 yilda ulardan hayot tarzi va ovqatlanishi, shu jumladan yogurt iste’mol qilishi haqida batafsil ma’lumot olindi. Shuningdek, ichak endoskopiya tekshiruvi o‘tkazildi.
Olingan ma’lumotlarga qaraganda, yogurtning ijobiy ta’sirini o‘rganish maqsadida keyingi tadqiqot o‘tkazish zarurligini ko‘rsatdi.
Sabablardan biri bu yogurt tarkibida Lactobacillus bulgaricus va i Streptococcus thermophilus bakteriyalar mavjud bo‘lib, ular ichakda saratonni keltirib chiqaruvchi kimyoviy moddalar miqdorini kamaytirishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi