8 164
---
Yozgi menyu bilan tanishing...

Yoz oyida organizm issiq havo tufayli ko‘p suyuqlik yo‘qotadi. Shu bois, bu mavsumda organizmga alohida e’tibor qaratish muhim.
Masalan, har soatda 20°Sdan yuqori bo‘lgan 100-200 ml suyaqlik ichish tavsiya etiladi. Ammo yurak-qon tomir tizimida muammosi bor, gipertoniyaga uchragan insonlarga ko‘p suv ichish taqiqlanadi.
Agar siz ko‘p suv ichishni unchalik xush ko‘rmasangiz, unda sizga suyuqligi ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni tavsiya etamiz.
Bodring - 96%;
Pomidor - 93%;
Selderey - 94 %;
Qovun – 91%;
Ismaloq – 92%;
Qulupnay – 90%;
Apelsin – 86%;
Papaya – 89%.
Shuningdek, yozda organizmga suyuqlik qanchalik kerak bo‘lsa, vitamin ham shunchalik zarur. Xususan, bu mavsumda S, RR, B1, V2, B6 kabi vitaminlar juda zarur. Sababi, bu vitaminlarning etishmasligi oqibatida avitaminoz, immunitetning tushishi singari holatlar yuz berishi mumkin. Lekin kimning ham yoz mavsumida betob bo‘lgisi keladi, shunday emasmi?
Yoz mavsumida ovqatlanish menyusiga ko‘proq sabzavotli, mevali salatlarni kiriting. Faqat bu salatlar mayonezdan xoli bo‘lgani ma’qul. Uning o‘rniga o‘simlik yog‘i, yogurtlarni qo‘shish maqsadga muvofiq.
Yozda bo‘tqalarni iste’mol qilishni yanada ko‘paytiring. Uning tarkibida oqsil, uglevod, foydali vitamin va fermentlar bo‘ladi. Shu bois, nonushta vaqtida uni tanovul qilishni unutmang.
Yoz – eng ajoyib fasllardan biri. Uni ko‘ngildagidek o‘tkazishni istasangiz, albatta, to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga rioya etishni kanda qilmang. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Qon quyuq boʻlsa, yurak tez charchaydi

Sabzi chindan ham ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydimi?

Burjingizga qarab qaysi kasallikka moyilligingiz borligini va zaruriy tavsiyalarni bilib oling

Nima uchun ovqat bilan yoki undan keyin suv ichish mumkin emas?

Burjingizga qarab qaysi kasallikka moyilligingiz borligini bilib oling

Qovun saraton va insultning oldini oladi