3 277
Deputat: Avtomobillarga davlat raqamlari berilishidagi kamchiliklarga qachon chek qo‘yiladi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 iyuldagi qarori asosida mamlakatda 2017 yilning 1 sentyabridan boshlab avtotransport vositalari uchun xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan davlat ro‘yxat raqamlarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha, shu jumladan kimoshdi savdosini o‘tkazish yo‘li bilan tanlash tartibi joriy etildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Umidjon Sulaymonovning yozishicha, bu yangilik aholi tomonidan iliq qarshi olindi, barchaga o‘zining imkoniyatiga qarab o‘zi xohlagan xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan davlat ro‘yxat raqamlarini tanlash va auksion orqali shaffof va raqobatdoshlik asosida xarid qilib olish imkoniyati yaratib berildi. Bir so‘z bilan aytganda adolat ta’minlandi.
O‘z navbatida, ushbu tartib joriy etilishi natijasida Davlat byudjetiga qo‘shimcha mablag‘lar kelib tushishi ta’minlangan. O‘tgan ikki yil mobaynida uning hajmi 250 milliard so‘m atrofida bo‘ldi.
Qayd etilishicha, eng asosiysi, bu tartib joriy etilishi bilan sohada turli korrupsion va suiiste’mollik holatlarga hamda aholining noroziligiga barham berilishiga erishildi.
“Lekin bizning “ishbilarmon” ayrim shaxslarimiz tomonidan mazkur sohada boshqa yo‘llar orqali “ishni bitirish” holatlari ixtiro qilindi.
Jumladan, Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan avtotransport vositalariga davlat ro‘yxat raqamlarini berish amaliyoti yaqindan o‘rganilganida mazkur sohada bir qator kamchiliklar va muammolar borligi aniqlandi. Ya’ni, bugungi kunda auksion orqali sotilmaydigan ayrim davlat raqami belgilariga nisbatan aholida yuqori talab bor. Ko‘zgusimon hamda ikkita ketma-ket bir xil raqamli (masalan 117, 171, 177, 272, 515, 717, 727 va hokazo) davlat raqami belgilari talabgir hisoblanmoqda.
Bunday turdagi davlat raqami belgilarini berishda shaffoflikning yo‘qligi, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan navbat asosida berish qoidasiga har doim ham rioya qilinmasligi, joylarda tanish-bilish, turli ko‘rinishdagi “iltimos”lar orqali “ishni bitirishga” olib kelmoqda. Natijada korrupsiogen vaziyatni yuzaga keltirmoqda. Xususan, “chiroyli” davlat raqami belgilarini u yoki bu shaxsga berish tegishli bo‘linma mas’ul xodimlarining xohish-istagiga bog‘liq bo‘lib qolgan”, - deb yozadi deputat.
Bildirilishicha, mazkur masalani bartaraf etish va aholidagi norozigarchilik hissiyotini bartaraf etish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qo‘mitalari tomonidan Ichki ishlar vazirligiga 3 marta tegishli qarorlar asosida takliflar kiritilgan.
Jumladan, davlat raqami belgilarini berish tizimini qayta ko‘rib chiqish va qaysi fuqaroga qanday raqam berilishini kompyuter ixtiyoriga qoldirish, hamda “chiroyli” ko‘zgusimon va talabgir raqamlarni kimoshdi savdosi orqali tanlash tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar berilgan.
“Biroq, shu kunga qadar bu sohada hech qanday o‘zgarish kuzatilmadi. Hanuzgacha “falonchi aka” yoki turli “iltimos” orqali ishni bitirish amaliyoti saqlanib, rivojlanib kelinmoqda. Bu esa o‘z navbatida sohada turli shubhalarga, korrupsion va suiiste’mollik holatlariga sabab bo‘lmoqda.
Barcha soha kabi ushbu sohada ham biz adolatni, shaffoflikni ta’minlamas ekanmiz rivojlanishda turli to‘sqinliklarga uchrayveramiz”, - deydi Umidjon Sulaymonov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi