General Motors yangi avlod Chevrolet Bolt elektromobilini taqdim etdi. U tashqi ko‘rinishini saqlab qolgan bo‘lsa-da, texnik jihatdan jiddiy yangilanishlarga ega bo‘ldi, deb yozmoqda ixbt.com sayti.
Tashqi jihatdan Bolt avvalgi modelga o‘xshash: farlar orasidagi qora panel o‘zgartirilgan, orqa fonarlar va bamper qayta ishlangan.
Asosiy o‘zgarishlar texnik qismida — endilikda Bolt zamonaviy Ultium platformasida yaratilgan va 65 kVt/soat life (litiy-temir-fosfat) batareyasi bilan jihozlangan. Energiya zaxirasi 410 km (EPA sikli bo‘yicha) gacha oshgan.
Yangi 150 kVt tez quvvatlanish tizimi orqali akkumulyatorni 10% dan 80% gacha 26 daqiqada to‘ldirish mumkin — bu avvalgidan uch barobar tez.
Elektrodvigatel quvvati 210 ot kuchiga teng, va 0 dan 100 km/soatgacha 6 soniyada tezlashadi. Model Tesla Supercharger tarmog‘iga mos keladigan NACS porti bilan ta’minlangan.
Shuningdek, Bolt GM Energy’ning V2H texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi va uy yoki boshqa qurilmalarni quvvatlash uchun 9,6 kVt elektr chiqish quvvatiga ega.
Avtomobilning boshlang‘ich narxi — taxminan $29 000 (taqriban 364 mln so‘m).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!