date

Egalari eng ko‘p norozi bo‘lgan Top-11 avtomobillar

Egalari eng ko‘p norozi bo‘lgan Top-11 avtomobillar

Ayrim mashinalar egasining kayfiyatini bir pasda tushirib qo‘yadi. Buning sabablari ko‘p: ishonchlilik pastligi, yig‘ish sifatidan norozilik, kutilgan qulaylik va tejamkorlikka javob bermaslik… Consumer Reports egalari fikriga tayanilgan reytingda aynan shunday ko‘proq shikoyat tushgan modellar jamlandi. Ro‘yxatga oddiy yengil avtomobillar, krossoverlar va yo‘ltanlamaslar kirgan.
Egalari eng ko‘p norozi bo‘lgan Top-11 avto:
- Jeep Grand Cherokee PHEV
- Jeep Compass
- Volkswagen Taos
- Mazda CX-90 PHEV
- Nissan Sentra
- Toyota Corolla Cross
- Mercedes-Benz C-Class
- Infiniti QX60
- Audi Q8 E-Tron
- Nissan Altima
- Audi Q4 E-Tron
Eng past qoniqish reytingida gibrid yo‘ltanlamas Jeep Grand Cherokee PHEV turibdi: egalarining atigi 34%i uni yana sotib olishni tavsiya qilgan. Mutaxassislar asosiy kamchilik sifatida — sinfiga nisbatan yuqori yoqilg‘i sarfini ko‘rsatishgan. Ya’ni gibriddan kutilgan tejamkorlik amalda uncha sezilmagan.
Qisqacha xulosa: narx, variantlar va tashqi ko‘rinishdan tashqari, ishonchlilik, yo‘ldagi real sarf va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini ham inobatga oling. Tanlov oldidan sinov haydovi (test-drive) qiling, kafolat shartlarini o‘rganing — keyin afsus qilishga hojat qolmasin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Egalari eng ko‘p norozi bo‘lgan Top-11 avtomobillar