Pokiston va Afg‘oniston chegarasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi. Pokiston Mudofaa vazirligi ma’lumoticha, afg‘on jangarilari chegaradagi pozitsiyalarga hujum qilgan. Natijada 23 nafar pokistonlik harbiy halok bo‘ldi, 29 kishi yaralandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 11-oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Afg‘on tomonida “Tolibon” harakatiga aloqador guruhlar ishtirok etgan. Pokiston armiyasi javob zarbasi bergan va bir necha soat davom etgan to‘qnashuvda afg‘on tomoni 200 dan ortiq yo‘qotishga uchragan.
Mudofaa vazirligi bayonotida aytilishicha, Pokiston kuchlari hujumni qaytarib, 21 ta post ustidan vaqtinchalik nazorat o‘rnatgan. Hozirda chegara hududida xavfsizlik kuchaytirilgan va vaziyat keskinligicha qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar