O‘zbekistonda eng ko‘p sotilgan avtomobillar e’lon qilindi


O‘zAvtosanoat ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning dastlabki to‘qqiz oyida O‘zbekistonda 296 331 dona avtomobil sotilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 foizga kam.
Sotuvlarda Chevrolet brendi hali ham yetakchilik qilmoqda — 245 141 dona avtomobil sotilgan. Shunga qaramay, kompaniya ulushi asta-sekin kamaymoqda.
Eng ko‘p sotilgan modellardan beshtaligi:
-
Cobalt — 95 362 dona
-
Damas — 78 712 dona
-
Tracker — 27 921 dona
-
Labo — 25 129 dona
-
Onix — 16 287 dona
Chevrolet’dan keyingi o‘rinlarda:
-
Kia — 18 863 dona
-
BYD — 16 846 dona
-
Chery — 8 090 dona
-
Haval — 6 034 dona
Shuningdek, UzAuto Motors Damas va Tracker modellari uchun foizsiz avtokredit dasturini yo‘lga qo‘ygan, bu esa sotuvlar o‘sishiga turtki bo‘lgan.






























Izohlar 0
…