Elektromobil ishlab chiqaruvchisi Tesla tarixida ilk bor jahon avtosanoatining gigantlaridan biri — Mercedes-Benz'ni sotuv ko‘rsatkichlari bo‘yicha ortda qoldirdi.
Joriy yilning uchinchi choragida Tesla 497 099 ta avtomobil sotgan bo‘lsa, Mercedes 441,5 mingta mashina sotishga muvaffaq bo‘lgan. Shu tariqa, Ilon Mask rahbarlik qilayotgan kompaniya raqibidan 12,6 foizga ko‘proq savdo amalga oshirdi.
Qizig‘i shundaki, Mercedesning bu davrdagi sotuvlari o‘tgan yilga nisbatan 12,3 foizga kamaygan, Tesla'da esa aksincha, 7,4 foiz o‘sish kuzatilgan.
Avtosanoat tahlilchilariga ko‘ra, Tesla'ning bu natijasi dunyoda elektromobillarga bo‘lgan talab ortib borayotganini yana bir bor tasdiqladi. Shuningdek, kompaniya modellarining energiya tejamkorligi va narx siyosati ham xaridorlarni o‘ziga jalb etmoqda.
Ma’lumot uchun, Mercedes-Benz o‘zining ilk avtomobilni 1901 yilda, Tesla esa 2004 yilda ishlab chiqqan. Shunga qaramay, Tesla qisqa vaqt ichida bozorda yetakchi brendlar qatoridan joy oldi.