date

Yurgen Klopp: “Germaniya termasi Nagelsmann qo‘l ostida tiklanadi”

Yurgen Klopp: “Germaniya termasi Nagelsmann qo‘l ostida tiklanadi”

“Liverpul” klubining sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Germaniya terma jamoasi o‘yinlari va bosh murabbiy Yulian Nagelsmann faoliyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

“Men Germaniya terma jamoasiga ishonaman! Ular oldida katta imkoniyatlar bor. Yulian — iste’dodli va zamonaviy murabbiy, u jamoaga yangi ruh olib kirmoqda. Bizda kuchli futbolchilar yetarli, faqat ularning salohiyatini to‘g‘ri yo‘naltirish kerak”, — dedi Klopp N-TV telekanaliga bergan intervyusida.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Nagelsmannning yondashuvi Germaniyani yana yuqori pog‘onaga qaytarishi mumkin.
“Yulian futbolni yaxshi his qiladi, u taktik jihatdan juda bilimli va yosh bo‘lishiga qaramay, katta tajribaga ega. U terma jamoani birlashtirib, o‘yinchilarga ishonch beradi. Shu bilan Germaniya yana g‘urur va ishonchni qayta tiklaydi”, — deb qo‘shimcha qildi Klopp.

Ma’lumot uchun, Germaniya terma jamoasi bugun, 13 oktabr kuni, 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichining 4-turida Shimoliy Irlandiyaga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv Belfast shahrida bo‘lib o‘tadi.

Futbol ekspertlari fikricha, Nagelsmann boshchiligidagi jamoa keyingi yillarda Germaniya futbolida yangi davrni boshlashi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yurgen Klopp: “Germaniya termasi Nagelsmann qo‘l ostida tiklanadi”