date

Qidiruvda bo‘lgan avtomashina nosoz va achinarli ahvolda topildi

Qidiruvda bo‘lgan avtomashina nosoz va achinarli ahvolda topildi

Qashqadaryo viloyatida qarzdor shaxsga nisbatan amalga oshirilgan ijro tadbirlari davomida uning qidiruvda bo‘lgan avtomashinasi nosoz va achinarli ahvolda topildi, deb xabar berdi Majburiy ijro byurosi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qarshilik U.X. nomli fuqaroga ma’muriy jarimalarni undirish bilan bog‘liq 17 ta ijro hujjati ish yurituvda mavjud. Shuningdek, Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining 2024 yil 26 sentyabrdagi qaroriga asosan, u jabrlanuvchi D.U. foydasiga 10,3 million so‘m moddiy zarar to‘lash majburiyati yuklangan edi.

Biroq qarzdor belgilangan majburiyatlarni bajarmagani bois, 2024 yil 9 noyabrda uning avtomashinasiga nisbatan ta’qiq chorasi qo‘llanilib, qidiruvga berilgan. Qidiruv natijasida u achinarli holatda topilib, hujjatlar rasmiylashtirildi va qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Qidiruvda bo‘lgan avtomashina nosoz va achinarli ahvolda topildi