Teleboshlovchi Davron Kabulov uylandi (FOTO)

Taniqli teleboshlovchi, “Million” jamoasi vakillaridan biri Davron Kabulov 23 may kuni bo‘ydoqlik bilan xayrlashishi haqida avval xabar berilgandi.
Bugun Toshkentdagi “Mumtoz” restoranida Davron hamda E’zozaxonlarning nikoh oqshomi bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘plab san’atkorlar, qiziqchilar, boshlovchilar mehmon bo‘lishdi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga asoslanib uz24.uz yozishicha, to‘y O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovning “Kelibdi” qo‘shig‘i bilan boshlangan va qo‘shiq sadolari ostida kelin bir o‘zi kirib kelgan. Kuyov - Davron Kabulov esa to‘yxona sahnasiga chiqib, xonanda Jo‘rabekning “Bor bo‘lgim kelar” taronasini kuylab, kelinni kutib olgan.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Davron Kabulov “Afruz” guruhi vakillaridan biri Jamshidga boja bo‘lgan.
Instagram “olami”dagi san’at ahli har doimgidek to‘ydan fotoreportaj taqdim etib borishdi. Suratlardan siz ham bahramand bo‘ling:





Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing