Foto: Susan Walsh/Associated Press
Jo Bayden ma’muriyati dezinformatsiyani boshqarish kengashini tuzganini e’lon qilgach, jamoatchilik buni yomon kayfiyatda qarshi oldi. Baydenning yangi kengashi yozuvchi Jorj Oruellning «Haqiqat vazirligi»ga qiyos qilinmoqda. Xo‘sh, Bayden va Oruellning «vazirlik»lari orasida qanday o‘xshashliklar bor, Bayden nega tanqidlar yomg‘iri ostida qoldi?
O‘zi nima gap?
O‘tgan haftada Milliy xavfsizlik kotibi Aleksandro Mayorkas Vakillar palatasining mablag‘lari bo‘yicha ichki xavfsizlik quyi qo‘mitasining budjet muhokamasi chog‘ida «Dezinformatsiyani boshqarish kengashi» internetda dezinformatsiya tarqalishiga qarshi kurashish uchun tuzilganini aytdi.
Payshanba kungi brifingda Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki kengash mavjudligini tan oldi va prezident Jo Bayden uni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Psaki ushbu kengash COVID-19 va saylovlar kabi mavzular bo‘yicha dezinformatsiyani kuzatib borishidan tashqari boshqa ma’lumotlarni aytolmasligini ta’kidladi.
Milliy xavfsizlik departamenti yangi kengashga davlat xavfsizligiga oid, xususan, noqonuniy migratsiya va Rossiya bilan bog‘liq dezinformatsiyaga qarshi kurashish vazifasi yuklatilganini ma’lum qilgan.
Wall Street Journal DGB’ni (Disinformation Governance Board – dezinformatsiyani boshqarish kengashi) Stalinning KGBsiga qiyoslagan.
«Ajablanarlisi, byuroning qisqartmasi – DGB KGB bilan atigi bitta harfda farqlanadi», deb yozdi nashr.
Nega Baydenning yangi byurosi «Haqiqat vazirligi» deb qabul qilindi?
Konservativ siyosatchilar va sharhlovchilar Bayden ma’muriyatini internetda dezinformatsiya tarqalishiga qarshi kurashishga yangi byuro tashkil etgani uchun tanqid qilishdi. Ushbu tanqidchilarning ba’zilari uni Jorj Oruellning 1984 yildagi distopik (katta azob-uqubat yoki adolatsizlik mavjud bo‘lgan xayoliy davlat yoki jamiyatga tegishli) romanidagi xayoliy byuro – «Haqiqat vazirligi» bilan taqqoslashdi.
Jorj Oruellning ushbu durdona asari bilan tanish bo‘lmaganlar uchun asardagi «Haqiqat vazirligi»ni Okeaniyaning targ‘ibot va senzura bo‘limi, Oruell distopiyasining xayoliy muhiti deb ta’riflash mumkin.
Oruellning klassik romani qahramoni Uinston Smit yangiliklar, ko‘ngilochar, san’at va ta’limdan olingan ma’lumotlarni nazorat qiluvchi davlat idorasi – Haqiqat vazirligida ishlaydi. Smitning vazirlikdagi roli tarixiy yozuvlarni romandagi hukmron totalitar partiyaning yetakchisi/ramzi bo‘lgan katta og‘aning xohishlariga moslashtirib tuzatishdir.
Smit Haqiqat vazirligidan mamlakat umuman manfaatdor emasligini tushunadi. U ochiqchasiga tashviqotni, shuningdek, Okeaniya aholisini chalg‘itish va tahqirlash uchun mo‘ljallangan siyqasi chiqqan shiorlardan foydalanadi. Haqiqat vazirligi binosi fasadida partiyaning uchta shiori bor: «URUSH – TINCHLIK», «OZODLIK – QULLIK» va «JOHILLIK – KUCH». Tuzilmaning ichida muammoli hujjatlar yoqib yuboriladi, ular unutish qulay bo‘lgan Xotira teshigiga tashlanadi.
Twitter’da Jorj Oruell va «Haqiqat vazirligi» heshteglari ommalashdi. Turli siyosatchilar va faollar, hattoki oddiy tarmoq foydalanuvchilari ham Baydenning yangi byurosini ingliz yozuvchisi Jorj Oruellning antiutopiya janrida yozilgan asari – «1984»da nazarda tutilgan «Haqiqat vazirligi»ga qiyoslab fikrlar bildirishdi.
Twitter’da byuroni qoralab, uni Oruellning xayoliy vazirligi bilan taqqoslagan siyosatchilar qatorida Arkanzas shtatilik respublikachi senator Tom Kotton ham bor.
«Federal hukumat Haqiqat vazirligini yaratishga haqli emas. Mahalliy xavfsizlik departamenti dezinformatsiya kengashi konstitutsiyaga zid, Amerikaga xos emas va men bunga (ular) javob berishi uchun qonun loyihasini kiritaman», deb yozadi Kotton.
Kaliforniyadagi Respublikachilar partiyasidan Kongressga nomzod Errol Uebber Twitter’da shunday yozdi: «Adolf Hitlerda haqiqat vazirligi bor edi, Jozef Gebbelsda va Iosif Stalinda ham. Endi Jozef Baydenda ham haqiqat vazirligi bor».
Bu fikrni Jorjiya shtatidagi respublikachi kongressmen Endryu Klayd ham tasdiqladi. «Baydenning distopik dezinformatsiyani boshqarish kengashi jiddiy xavfli va mutlaqo konstitutsiyaga ziddir. Men Kongressdan «Haqiqat vazirligi»ni tekshirishni talab qilaman – HOZIR», deb yozdi Klayd o‘z sahifasida.
«Bayden ma’muriyati kommunizm tomon yana bir qadam tashladi. «Haqiqat vazirligi» so‘z erkinligiga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqimizni buzishdir», deb yozdi Nyu-York Respublikachilar partiyasi matbuot kotibi Elise Stefanik Twitter’da.
Baydenning «Haqiqat vaziriligi» va Ilon Mask
Dunyoning birinchi raqamli badavlat kishisi Ilon Mask o‘tgan hafta Twitter’ni sotib olgandi. U ushbu ijtimoiy tarmoqni so‘z erkinligini mustahkamlash uchun sotib olganini e’lon qildi. Uning Twitter bilan rejalari qatorida bloklangan Donald Tramp akkauntini blokdan yechish va tvitlarni tahrirlash funksiyasini ishga tushirish ham bor edi. Baydenning yangi tashkil etilgan «Haqiqat vazirligi» aynan Ilon Mask Twitter’ni sotib olgani bilan bog‘liqligi haqida keng muhokamalar bo‘ldi.
Twitter foydalanuvchilari Bayden Maskning ushbu tarmoqni sotib olganidan qo‘rqib ketib senzura qiluvchi «Haqiqat vazirligi»ni tuzgani haqida yozdi. Yana bir foydalanuvchi «Ilon Mask so‘z erkinligini saqlab qolish uchun Twitter’ni sotib oldi va bir necha kundan keyin prezident Bayden Haqiqat vazirligini e’lon qildi», – deya izoh qoldirdi tarmoqda.
Bayden ma’muriyatining pozitsiyasi
Ichki xavfsizlik departamenti (DHS) vakili Newsweek’ka yangi byuroning maqsadlari haqida ma’lumot berdi.
«Xavfsizlik departamenti dezinformatsiya bo‘yicha o‘z ishini bir necha yil oldin boshlagan. Departament bu ish so‘z erkinligi huquqi buzilmasligini ta’minlash va shaxsiy hayot, fuqarolik huquq va erkinliklarini yanada himoya qilish uchun dezinformatsiyani boshqarish kengashini tuzdi. Ushbu himoyani ta’minlash uchun Kengash ichki xavfsizlikka tahdid soladigan dezinformatsiya bilan bog‘liq departamentning ichki faoliyatini muvofiqlashtiradi», deya hukumat vakilining so‘zlarini keltirdi nashr.
«Ushbu asossiz da’volar haqiqatan ham dezinformatsiya tarqalishi demokratiyamiz kelajagi uchun qanchalik muhimligini ta’kidlaydi», dedi byuroga rahbar etib tayinlangan Nina Yankovich (Uning qanday qilib kengashga rahbar bo‘lgani borasida ham jamoatchilik orasida muhokamalar kelib chiqdi.)
Ichki xavfsizlik departamenti kotibi Mayorkas NBS telekanaliga bergan intervyusida kengash dezinformatsiyani «so‘z erkinligi va fuqarolik huquqlarini buzmaydigan tarzda» hal qilish yo‘llari ustida ish olib borishini ta’kidladi.
Madina Ochilova tayyorladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas