10:12 / 03.08.2022
2 248

6000 yil ilgari tarvuzlar qanday bo‘lgan?

6000 yil ilgari tarvuzlar qanday bo‘lgan?
Arxeologlar Liviya (Shimoliy Afrika)dagi qazilmalar chog‘i qadimgi tarvuz urug‘larini topishdi, deb yozmoqda Futurity.

Aniqlanishicha, bu tarvuz urug‘lari — 6000 yoshda.

Tarvuzning vatani Afrika ekanini shu paytgacha o‘tkazilgan tadqiqotlar tasdiqlagan. Biroq qayerda va qachon birinchi marta xonakilashtirilgani bahsli masala edi. Eng so‘nggi arxeologik ma’lumotlar tarvuz ilk marotaba Nil daryosi vodiysida yetishtirilganiga ishora qilayotgandi.

Biroq Liviyadagi, bugungi Sahroi Kabir hududlarida topilgan tarvuz urug‘lari nafaqat uning vatani, balki mohiyati borasidagi tasavvurni o‘zgartiradi. Qadimiy tarvuz urug‘lari genomini o‘rganish natijalariga ko‘ra, neolit davrida yashagan liviyaliklar iste’mol qilgan tarvuzlarning mag‘zi taxir, ya’ni yeyish uchun yaroqsiz bo‘lgan. Aftidan, qadimgi odamlar tarvuzni faqat danagi (urug‘i) uchun yetishtirishgan, uni qovurishgan yoki ovqatga qo‘shishgan — hozir ham ayrim mintaqalarda bu odat saqlanib qolgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 6000 yil ilgari tarvuzlar qanday bo‘lgan?