date

Aliment to‘lashdan qochib berkinib yurgan ota topildi

Aliment to‘lashdan qochib berkinib yurgan ota topildi

Aliment to‘lovlari farzandlar manfaatini ta’minlashda muhim hisoblanadi. Shu bois, undan uzoq vaqt davomida bo‘yin tovlab yurgan shaxslarni har qanday holatda topish va qonun doirasida tegishli chora ko‘rish davlat idoralari zimmasiga yuklangan.

Majburiy ijro byurosining Urgut tumani bo‘limida yuritilgan ijro ishlaridan birida ham ana shunday holat kuzatildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Tayloq tumanlararo sudi qaroriga ko‘ra, qarzdor F.N. farzandining moddiy ta’minoti uchun undiruvchi L.R. foydasiga aliment to‘lab borishi kerak edi.

Biroq ma’lum bo‘lishicha, qarzdor ota uzoq vaqt mobaynida aliment to‘lamasdan kelgan. Natijada uning qarzi 60 million so‘mdan oshib ketgan. Shuningdek, u ma’lumotlarni yashirib, noma’lum joylarda qochib yurgani sababli qidiruvga berilgan.

Boshqarma qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar chog‘ida uning aynan o‘z uyida yashirinib yurgani fosh bo‘ldi. Hatto qarzdor o‘zini shkaf ichida berkitib olgan holda topildi.

Shundan so‘ng u rasmiy ravishda davlat ijrochisiga topshirilib, keyingi ijro jarayonlari amalga oshirildi. Bu holat aliment to‘lovidan qochish qanchalik murakkab va oqibatda foydasiz yo‘l ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aliment to‘lashdan qochib berkinib yurgan ota topildi