88 yillik yo‘qolish sirlari ommaga oshkor etilmoqda

1 daqiqa o'qish5.5K
88 yillik yo‘qolish sirlari ommaga oshkor etilmoqda

AQSHda XX asr aviatsiyasining eng sirli voqealaridan biri yana kun tartibiga chiqdi. Prezident Donald Tramp 1937 yilda parvoz vaqtida bedarak yo‘qolgan mashhur ayol uchuvchi Ameliya Erhart ishi bilan bog‘liq hukumat hujjatlarini maxfiylikdan chiqarish va e’lon qilish to‘g‘risida farmon berdi. Bu haqda u shaxsan Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

“Juda ko‘p odamlar mendan Ameliya Erhartning hayoti va zamoni, uning so‘nggi, halokatli parvozi haqida so‘rashdi. Shu sababli, u bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni, ayniqsa, hukumatda saqlanayotgan hujjatlarni ochish va ommaga taqdim etish imkoniyatini ko‘rib chiqyapman”, – deb yozdi Tramp.

Prezident Erhartning yo‘qolishini “millionlab odamlarning tasavvurini zabt etgan voqea” sifatida ta’rifladi. Unga ko‘ra, hujjatlar nafaqat so‘nggi parvozga, balki uchuvchining butun hayotiga oid yangi faktlarni ham ochib berishi mumkin.

Ma’lumki, Ameliya Erhart 1937 yilda bortnavigator Fred Nunan bilan Lockheed L-10E Electra samolyotida dunyo bo‘ylab parvoz qilishga bel bog‘lagan edi. Marshrutning asosiy qismi muvaffaqiyatli o‘tgan, ammo 2 iyul kuni ekipaj Tinch okeanidagi Xaulend oroliga yetib bora olmagan va bedarak yo‘qolgan. Samolyot aynan o‘sha yerda yonilg‘i quyishi rejalashtirilgan edi.

O‘shanda prezident Franklin Ruzvelt qidiruv ishlariga 4 million dollar ajratgan va yuzlab samolyot hamda kemalarni jalb qilgan. Biroq na Erhart, na uning navigatori topilgan. Faqat keyinchalik okean tubidan samolyot qoldiqlari aniqlangani xabar qilingan.

Yo‘qolishning sabablari hanuzgacha turli taxminlarga yo‘l ochmoqda: okeanga majburiy qo‘nish va halokatga uchrash, yapon harbiylari tomonidan asirga olinish, yoki hatto “boshqa ism ostida yashash” kabi fantastik versiyalar ham mavjud.

Ameliya Erhart (1897–1937) o‘z davrining ramziy shaxslaridan biri edi. U 1932 yilda Atlantika okeanini yolg‘iz parvoz qilib kesib o‘tgan birinchi ayol sifatida tarixga kirdi. Bu jasorati unga jahon miqyosida katta shuhrat va aviatsiyada “ayollar davri”ning boshlanishi sifatida katta obro‘ keltirgan.

Trampning qarori esa nafaqat tarixiy sirlarni ochishga, balki jamiyatda uzoq yillar davomida muhokama qilingan savollarga javob berishga ham umid uyg‘otmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?