date

Josh Hartnett serial suratga olishda yo‘l hodisasiga uchradi

Josh Hartnett serial suratga olishda yo‘l hodisasiga uchradi

«Pearl Harbor» filmi orqali tanilgan aktyor Josh Xartnett Kanadada Netflix seriali uchun suratga olish jarayonida noxush holatga duch keldi. CBC xabariga ko‘ra, Sent-Jonda aktyor yo‘lovchi bo‘lgan mashina mahalliy politsiya patrul avtomobili bilan to‘qnashgan.

Xartnett suratga olish maydonidan uyga qaytayotgan vaqtda hodisa sodir bo‘lgan. U va haydovchi ehtiyot chorasi sifatida shifoxonaga olib ketilgan, ammo politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ularning hech biri og‘ir jarohat olmagan. Patrul mashinasida bo‘lgan xodim ham kasalxonaga yetkazilgan.

Aktyorning vakili ta’kidlashicha, Josh tibbiy ko‘rikdan so‘ng uyiga qaytgan va ish faoliyatini davom ettirgan. Shu bois serial ishlab chiqarilishiga hodisa ta’sir ko‘rsatmagan.

Ma’lumot uchun, Xartnett Nyufaundlendda suratga olinayotgan hali nomi oshkor qilinmagan olti qismli serialda bosh qahramon sifatida ishtirok etmoqda va shuningdek, ijrochi prodyuser sifatida ham ishlamoqda. Asarda sirli dengiz mavjudoti odamlarni qo‘rqita boshlagandan so‘ng, baquvvat baliqchi (Xartnett) o‘z oilasi, jamoasi va yo‘qolib borayotgan hayot tarzini himoya qilish uchun kurashishi tasvirlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Josh Hartnett serial suratga olishda yo‘l hodisasiga uchradi