Associated Press xabariga ko‘ra, YouTube AQSH prezidenti Donald Trampning akkaunti bloklangani bilan bog‘liq sud da’vosini hal qilish uchun 24,5 million dollar to‘laydi.
Bitimga ko‘ra, 22 million dollar “Trust for the Nation Mall” tashkilotiga — Oq uyda bal zali qurilishi uchun yo‘naltiriladi. Qolgan mablag‘ esa ishda ishtirok etgan da’vogarlar, jumladan, yozuvchi Naomi Vulf va Amerika konservativ ittifoqiga taqsimlanadi.
YouTube'ning egasi Alphabet korporatsiyasi Tramp bilan kelishuvga borgan uchinchi yirik IT-kompaniyaga aylandi. Yanvar oyida Meta Platforms 25 mln dollar, X (sobiq Twitter) esa 10 mln dollar to‘lab sud ishini yakunlagan edi.
Ma’lumot uchun: Trampning Facebook, Instagram, YouTube va Twitter akkauntlari 2021 yil 6 yanvar voqealaridan so‘ng vaqtincha bloklangan. Shunda uning tarafdorlari saylov natijalariga qarshi chiqib, Kapitoliy binosiga bostirib kirgan, ijtimoiy tarmoqlar esa Trampning postlarini mazkur harakatni qo‘llab-quvvatlovchi deb baholagan.
Trampning bloklangan akkaunti uchun YouTube 24,5 mln dollar tovon to‘laydi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar