date

Angrenda psixotrop moddalar savdosi fosh etildi

Angrenda psixotrop moddalar savdosi fosh etildi

Angren shahrida kuchli ta’sir qiluvchi hamda psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olindi, deb Bosh prokuratura xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahri bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, F.Yu. ismli fuqaro X.M.ga “Zardeks” nomli 10 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 1 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tadbirlar davomida F.Yu.ga dori vositalarini yetkazib beruvchi Sh.N., S.N., F.Yo. va M.N. kabi sheriklar ham ushlangan. Ulardan 49 dona “Zardeks”, 2 dona polietilenga o‘ralgan “gashish” va “marixuana” moddalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi va 273-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va ish tergovga yuborildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Angrenda psixotrop moddalar savdosi fosh etildi