Kobuldagi novvoyxona oldida xaridorlardan tarqatma olish umidida to‘planayotgan ayollar
Foto: CNN
Kobul tepasidagi adirlarda joylashgan kambag‘al mahalladagi ayollar har kuni 3 soatlab piyoda yurib shahar markaziga keladi. Bunga ularni har kungi ochlik va farzandlarini boqish zarurati majbur qiladi, deb yozmoqda CNN.
Bunday ayollarning manzili Kobuldagi novvoyxona bo‘lib, ular kechki payt to‘planib, non ehson qilishi mumkin bo‘lgan mijozlarni sabr-toqat bilan kuta boshlaydi.
- Ba’zida kechki ovqat yeymiz, ba’zida yemaymiz. Vaziyat uch yildan beri ayanchli, lekin o‘tgan yil eng yomoni bo‘ldi. Erim Eronga ishlash uchun ketmoqchi edi, lekin uni deportatsiya qilishdi, — deydi shunday ayollardan biri.
Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ko‘ra, mamlakatning deyarli yarmi jiddiy ocharchilikka duch kelmoqda.
Kobuldagi avtomobil nazorat punkti
Foto: CNN
Xalqaro Qutqaruv Qo‘mitasining may oyida e’lon qilgan hisobotiga ko‘ra, Afg‘oniston aholisining 43 foizi kuniga bir martadan kam ovqat iste’mol qiladi. So‘rovnomada qatnashgan afg‘onistonliklarning 90 foizi oziq-ovqat asosiy ehtiyoji ekanini bildirgan.
Bu Tolibon hukmronligi davridagi birinchi yilni qamrab oluvchi, xalq yakkalanib qolgan va tobora qashshoqlashib borayotgan dahshatli statistik ma’lumotlar.
AQSH va uning ittifoqchilari mamlakatni tark etgach, mamlakatga sanksiyalar kiritildi.
Adirdagi ayollar Kobul chekkasidagi uylaridan shahar markaziga uch soatlik yo‘lga piyoda chiqmoqda
Foto: CNN
Markaziy bankning 9 mlrd dollar mablag‘larini muzlatib qo‘ydi va bir vaqtlar Afg‘oniston yillik budjetining qariyb 80 foizini tashkil qilgan tashqi yordamni to‘xtatdi.
G‘arb mamlakatlari uchun asosiy muammolardan biri yangi hukumatning ayollarni chetga surib qo‘yishi bo‘ldi, bu esa qizlarning o‘rta ta’lim olishini amalda taqiqlashni o‘z ichiga oladi.
Tolibonning qizlarning maktabga qaytishiga ruxsat berish haqidagi qayta-qayta va’dalari hali bajarilmagan.
Qizlarning o‘rta ta’lim olishiga amalda qo‘yilgan taqiq o‘z kuchida qoladi, shuning uchun bu norasmiy maktabdagi kurslarning hech biri diplom olishga hissa qo‘shmaydi
Foto: CNN
O‘tgan qishda to‘liq ocharchilikdan qo‘rqib, AQSH Jahon banki orqali yordam uchun 1 mlrd dollardan ortiq mablag‘ ajratdi.
Kobulning tunlari sovib, kunlari qisqarib borar ekan, gumanitar yordam xodimlarida bu qish avvalgisidan ham yomonroq bo‘lishi haqidagi qo‘rquv bor. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi